#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tanlovga
Eng yaxshi bag‘ishlov she'r
6-ISHTIROKCHI
Shevacha bagʻishlov
Shoir koʻp dunyoda, elda, zomonda
Ammo yonib goʻyib yozgʻoni kamdir.
Hammasi yaxshi-yu, lekin ichinda
Xorazmcha ashʼor bitgani kamdir.
Qora goʻz, qumrimsan dab siz qizlani
Xonqani shevasin toshlara bitdiz.
Sheytonliqa solib baytlada oʻziz
Mashhurliqda to osmona yettiz.
Qashqira yem boʻlgʻan ustozni aytib,
Yurak oʻt bagʻirdan ijjonla attiz.
Xorazmni qozdirib hamma hammaya
Daryoni dunyogʻa ha bir goʻrsattiz.
Holimizni tarjima atib bir sheʼrda
Sonobsiz har turli qiyofamizni.
Qayttan oxirinda aytib qoʻyibsiz
Oslinda odamliq qiyinligʻini.
Yenam bir satringiz goʻyoki hadis:
"Onani aldashdan afzal halokat".
"Baxt" dagan soʻzingiz oʻqib, shubhasiz
Ongladik baxtsizlik oʻzi falokat.
Soʻzni ogʻirligʻin his qilib jonda
Sevgiga shu soʻzni qurbon oylobsiz.
Sani sevaman dab bir oʻmr sheʼrda
Oʻmrizni, borizni roʻyo oylobsiz.
Sheʼrlariz oʻqib oʻya choʻmaman
Oslinda ruxsoriz Ollomikan dab,
Javobin topolmin har dam yonaman
Oʻzi Abdulhakim Haqmasmikan deb.
Agar boʻlgʻanizda bukun orada
Yetmish olti bahora galardiz yetib.
Tabriklab qoʻyardim pona-ponada
Xonqacha sheʼrladan izma iz tizib.
✍️: Raximbayeva Yulduz,